27 fev 17:23
Yangiliklar

Kanelo Bivoldan so'ng Golovkin bilan jang qiladi
Taniqli boks insayderi Mayk Koppinjerning so'zlariga ko'ra, Gennadiy Golovkin trilogiya uchun rozi bo'lgan. Qozoq bokschisining promouteri Eddi Xirn ham xuddi shu malumotlarni tasdiqladi.
Xirnning so'zlariga ko'ra, gap bir nechta janglar bo'yicha muzokaralar ketmoqda. Kaneloning navbatdagi jangi sentyabrga belgilangan. Bu yuqori ehtimollik bilan 76,2 kg vaznda qozog'istonlik Gennadiy Golovkinga (41-1-1, 36 KO) qarshi barcha kamarlar himoyasi bo'ladi.
Kanelo - Golovkin trilogiyasi bo'lib o'tishi uchun meksikalik Bivolni, qozog'istonlik esa yaponiyalik Ryota Muratani(taxminan aprel oyida) mag'lub etishi kerak.
ESPN xabariga ko'ra, Kanelo va Xirn o'rtasida 160 million dollarlik 3 ta jangdan iborat shartnoma bor. Meksikalik uchinchi jangini dekabr oyida o'tkazishi kutilmoqda. Potencial raqib hozircha nomalum.
Fikrlar