16 iyu 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo centyabrda mutlaq jahon chempionligi uchun jang qiladi
Supero'rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO chempioni bo'lgan Saul Alvares navbatdagi jangini supero'rta vaznda IBF chempioni Kaleb Plantga qarshi o'tkazmoqchi.
Ushbu jang 18 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Manbalarga ko'ra, Kanelo FOX Sports bilan bitta jang uchun shartnoma imzolagan.
Agar tomonlar kelisha olmasa, meksikalikning jamoasi yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivolni zaxira sifatida ko'rmoqda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar