08 may 14:47
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kanelo endi avvalgidek emas, lekin Krouford bilan jang blokbaster bo'ladi" - Daniel Korme
Sobiq UFC chempioni Daniel Korme bokschilar Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Bu jangni oldinroq ko'rishni istagandim - Kanelo engilroq va kuchliroq bo'lgan paytda. Endi u avvalgidek emas. Lekin shunga qaramay, bu jang haqiqiy blokbaster bo'ladi. Hozirgacha bo'lgan eng katta PPV lardan biri bo'ladi", — dedi Korme.
Bir necha kun oldin o'tkazilgan jangda Kanelo Uilyam Skallni hakamlarning yakdil qaror bilan (115–113, 116–112, 119–109) mag'lub etgan va ikkinchi o'rta vazn toifasida ikki karra mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvaresning Terens Kroufordga qarshi jangi 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar