06 may 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Kanelo Jervonta Devisning so'zlariga munosabat bildirdi
22 aprel kuni Las-Vegasda Jervonta Devis hamyurti Rayan Garsiyani 7-raundda nokautga uchratgan va shundan so'ng u o'zini "boksning yangi yuzi" deb elon qilgandi.
Supero'rta vazn toifasida mutlaq chempion meksikalik Saul Alvares Devisga shoshilmaslikni maslahat bermoqda.
"Do'stginam, men hali faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Bu unchalik ham oson ish emas. Menga Jervonta yoqadi, lekin boksning yuzi bo'lish uchun u ko'p muxnat qilishi kerak" - dedi Kanelo.
Avvalroq, Kanelo faoliyatini yakunlaganidan so'ng golf bilan shug'ullanishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar