08 fev 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Kanelo - Krouford jangi taqdiri bo'yicha malumot berildi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Saul Alvares Riyadh Season bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Kaneloning ushbu hamkorlik doirasidagi birinchi jangi may oyida Ar-Riyod shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
ESPN insayderi Mayk Koppinjerning so'zlariga ko'ra, raqib Jermall CHarlo yoki Bruno Surache bo'lishi mumkin. Kroufordga qarshi jangning esa sentyabr oyida tashkil etilish ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda.
Kaneloning Riyadh Season bilan shartnomasi bo'yicha so'nggi jangi 2026 yilning oktyabr oyida Ar-Riyodda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar