10 may 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo: "Sonders to'qqizinchi raundga chiqmasligini bilgandim"
Supero'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Saul Alvares Billi Jo Sondersga qarshi jan haqida gapirdi.
"Men jang cho'zilishi haqida gapirgandim, ammo u men kutganimdek qiyin bo'lmadi. Bu normal holat. Ahir men jangdan-jangga kuchayib boryapman. Men raunddan-raundga ustun kelib bordim.
O'ylaymanki, uning yuzidagi suyaklar sindi. U jangni to'xtata olmasligini bilgandim. Murabbiyimga Sonder jangni davom ettira olmasligini ham aytgandim, chunki unda suyak sinishi kuzatilgandi.
Men jahondagi eng yaxshi murabbiy bilan ishlayman. U menga qanday tayyorlanishim kerakligini aytadi, men esa buni bajaraman", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar