15 may 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo Sondersga qarshi jangdan qancha mablag' ishlab oldi?
9 may kuni o'tkazilgan Saul Alvares va Billi Jo Sonders o'rtasidagi jang o'tkazilgandi.
Ushbu jangda Saul Alvares sakkizinchi raunddan so'ng muddatidan avval g'alaba qozongandi.
The Athletic nashri insayderi Mayk Koppingerning malumotlariga ko'ra, meksikalik bokschi ushbu jangda 30 million dollar ishlab olgan.
Boshqa bir manbaaning so'zlariga ko'ra esa, Kanelo kafolatlangan 15 million dollar va pullik translyaciyalardan kelgan 60% daromadni olgan. Umumiy hisobda esa, Saul Alvares 35 million dollarni o'ziniki qilgan.
Oldinroq esa, Billi Jo Sonders ushbu jangdan 8 million dollar miqdorida mablag' olganini malum qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar