07 may 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo va Sonders jangi Ali - Spinks to'qnashuvi rekordini yangilaydi
8 may kuni o'tkaziladigan (Bizning vaqt bilan 9 may tongida) Saul Alvares va Billi Jo Sonders o'rtasidagi jang Amerika boksi tarixiga kiradi.
Mashhur promouter Eddi Xirnning so'zlariga ko'ra, ushbu jangga rekord darajada ko'p muxlis kiradi. Xirn 70 ming tomoshabin jang chiptalarini tez orada xarid qilib bo'lishi haqida gapirdi.
Britaniyalik promouterning so'zlariga ko'ra, hozirgi rekord Muhammad Ali va Leon Spinks o'rtasidagi jangda qayd etilgan. 1978 yil o'tkazilgan jangda 63 352 nafar tomoshabin jangni stadiondan turib tomosha qilgan.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar