19 mar 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanisales engil vaznda WBA chempioniga aylandi
Venesuelalik bokschi Karlos Kanisales birinchi engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Kanisales Yaponiyaning Kobe shahrida bo'lib o'tgan jangda mezbon bokschi Rey Konisini mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi raunddayoq yaponiyalik charm qo'lqop ustasi nokdaun holatiga tushib qoldi.
O'n ikki raundlik jang yakunida hakamlar bir ovozdan 114-113, 115-112, 116-111 hisobidagi g'alabani Kanisalesga taqdim etishdi. Aynan shu boks oqshomidagi yana bir jangda yaponiyalik Ryuya Yamanaka Moyses Kayerosni nokautga uchratib, WBO kamarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar