18 iyu 18:33
Yangiliklar
Kannone zarbalar bo'yicha o'rta vazn rekordini o'rnatdi
U bugun Las-Vegasda o'tgan UFC on ESPN 47 turnirida Marvin Vettoriga 241 ta zarba yo'llagan. Bu o'rta vazn toifasi jangchilari uchun rekord ko'rsatkich hisoblanadi. Kannone bugungi jangda raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Adesanyaga qarshi jangimdan keyin o'z oldimga zarbalar sonini ko'paytirishni maqsad qilib qo'ygandim. Bugun ana shu niyatimga etdim va rekordni yangiladim. Endi mening ham UFC tarixida ism-sharifim bor", — dedi Kannone.
Takidlash joiz, barcha vazn toifalarini olganda, manziliga etib borgan 241 ta zarba UFC tarixidagi to'rtinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Kannone bu borada Rob Font, Maks Xolloueydan ortda qolmoqda. Font Marlon Veraga qarshi jangda 271 ta zarba yo'llagan edi. Maks Xollouey Ortega bilan jangda 290, aynan uning o'zi Kelvin Kattarga qarshi bahsda 445 ta zarba bera olgandi.
Fikrlar