24 mar 09:56
Yangiliklar
"Karam sho'rva va vareniklar..." - Usik Entoni Joshuaning Kievga tashrifi haqida
"Ikki turdagi xorijliklar bor: qo'rqib, [Ukrainaga] bormaydiganlar va "Ha, biz tayyormiz!" deydiganlar. Ey Jey - ikkinchi toifaga kiradi. Biz muloqot qilishni boshlaganimizda Ukrainaga ikki kunga borishim kerak, chunki u erda boks turniri bo'ladi, yigitlarni qo'llab-quvvatlashim lozim, dedim. Va u shunday: "O, men Ukrainada bo'lmaganman-ku!". Men unga darrov: "Xohlaysanmi?" dedim. U esa: "Ha!" deb javob berdi. Joshuaning o'zi xohladi. Biz shungacha ham gaplashib turardik, u kelib, mening qaerdan ekanligimni, qanday yashayotganimizni, mamlakatimiz qanaqaligini ko'rmoqchi edi. Hozir bir lagerda mashg'ulot o'tkazyapmiz.
Karam sho'rva va vareniklardan tatib ko'rdik, ukraincha qo'shiqlar tingladik. Men unga o'zim uchun eng muhim narsalarni ko'rsatdim, ibodat qildik", — deya Usikning so'zlarini keltiradi "Suspilne Sport" portali.

Fikrlar