01 mar 12:05
Yangiliklar

Karate Combat 52. Debyutant Xolmurodovda g'alaba, Anvar Boynazarov esa...
Musobaqada o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari Anvar Boynazarov hamda SHoxrux Xolmurodov ham ishtirok etdi.
Jangovar karate bo'yicha ilk bor jang o'tkazgan Xolmurodov amerikalik Braynen Makiverni birinchi raundda texnik nokaut orqali taslim etishning uddasidan chiqdi. Anvar Boynazarov esa meksikalik Luis Guerreroga qarshi bahs olib bordi. Biroq bu jangda ko'pchilik kutmagan natija qayd etildi. Hamyurtimiz birinchi raundda nokaut orqali imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Anvar turnirdan oldin raqibini mag'lub etishi uchun unga atigi 10 soniya etishini aytib o'tgan edi.
Karate Combat 53 musobaqasida UFC jangchilari Kayo Borralo hamda Brendan Allen ham o'zaro bellashdi va bu jangda Borralo ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'ldi. Bundan tashqari, UFC sobiq jangchisi Robelis Despane braziliyalik Rojjers Souzani nokaut orqali taslim qildi.
Fikrlar