14 iyu 06:44
Yangiliklar
Futbol
Karlo Anchelotti Braziliyaning JCH-2026`da Marokash bilan o'ynagan durangi haqida gapirdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Marokashga qarshi kechgan va durang bilan yakunlangan bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limda jamoa yomon o'ynadi, biroq ikkinchi taymda vaziyatni o'nglay oldik. Bizda imkoniyatlar bo'lgandi. Hali ko'p narsani yaxshilashimiz va o'z ustimizda ishlashimiz kerak", — deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Globo nashri.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi 1934 yildan buyon jahon chempionatlarining start uchrashuvlarida mag'lub bo'lmay kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Malumot uchun, 2-turda Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan (20 iyun), 3-turda esa SHotlandiya bilan (25 iyun) kuch sinashadi. Marokash esa 2-turda SHotlandiya (20 iyun), 3-turda esa Gaiti terma jamoasiga qarshi (25 iyun) maydonga tushadi.

Havola :
Fikrlar