03 sen 19:25
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras: "0:2dan keyin uxladim. Novak g'alaba qozonishini bilgandim"
Karlos Alkaras US Open turniridagi asosiy raqibi Novak Jokovichning 3-davradagi kambeki haqida gapirdi.
Dastlabki ikki setdan keyin 0:2 hisobida yutqazayotgan serbiyalik tennischi navbatdagi 3 setda raqibi Laslo Derni 6:1, 6:1, 6:3 hisoblari bilan mag'lub qildi.
"Dastlabki ikki setni tomosha qildim, keyiin uxlashim kerak bo'ldi.
Biroq uxlashdan oldin u g'alaba qozonishini bilgandim. Novak yana bir bor dunyo tennisidagi eng zo'rlaridan biri ekanligini ko'rsatdi. U 0:2 hisobidagi o'yinlardan ko'p bora chiqib ketgan. Xotiramda shularning 5-6tasi saqlanib qolgan.
Uning 36 yoshligida qilayotgan ishlarini ko'rish yoqimli. 20 yoshda ham u shunday edi. Unga tan bermaslikning iloji yo'q", - dedi Alkaras.
Havola :
Manba : usopen.org
Fikrlar