30 avg 19:01
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaras reyting etakchiligini boy berishiga o'z munosabatini bildirdi
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaras US Open tugaganidan so'ng etakchilikni Jokovichga berib qo'yishi haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, endi navbatdagi maqsadim birinchi raqamni qaytarib olish. Men Novak bilan o'rtamizda ajoyib kurash borligi haqida gapirgandim. US Open'dan so'ng u yana birinchi raqamli bo'lishi mumkinligini bilardim. Musobaqa yakunlanganidan so'ng imkon qadar tezroq o'z o'rnimga qaytishga harakat qilaman. Bu mening maqsadim va aynan shu maqsad yo'lida ishlayman.
Mavsum tugashigacha hali turnirlar ko'p. Etakchilikni qaytarishga harakat qilaman", - dedi ispaniyalik tennischi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar