01 mar 10:31
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Akapulkoda kortga chiqmaydi
Dunyoning ikkinchi raketkaci Karlos Alkaraz Akapulkoda start olgan turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Bunga ispaniyalik tennischining jarohati sabab bo'ldi.
"Afsuski, Akapulkoda kortga chiqa olmayman. Tonggi tibbiy tekshiruv shunday xulosani taqdim etdi. Buning natijasida bir necha kun kortdan tashqarida bo'laman. Bu erda o'ynay olmasligimdan juda afsusdaman. Nachora, bunday sinovlarga ham tayyor turish kerak ekan", - dedi Alkaraz o'zining ijtimoiy tarmoqda yozgan murojaatida.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar