18 mar 13:09
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Andre Agassining rekordini takrorladi
Jahonning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz Indian-Uells "Masters" turniri tarixiga kirdi.
Alkaraz turnir tarixida 20 yoshgacha ikki marta yarim finalga chiqqan ikkinchi tennischiga aylandi.
Andre Agassi birinchi bo'lib bunday muvaffaqiyatga erishgan. U 1988 yilda (17 yoshida) bu bosqichda mag'lub bo'lgan va 1990 yilda (19 yoshida) chempionlikdan bir qadam narida to'xtagan. Alkaraz esa 2022 yilgi yarim finalda (18 yoshida) Rafael Nadalga yutqazgan va joriy musobaqa finali yo'llanmasi uchun Yannik Sinnerga qarshi bahs olib boradi.
Malumot uchun, boshqa hech bir tennischi Indian-Uells "Masters"ida 20 yoshgacha bshhlgan davrida ikki marta kuchli to'rtlikka kirmagan.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar