14 mar 15:58
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz faoliyatidagi 100-g'alabani qo'lga kiritdi
Jahonning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz Indian-Uellsdagi "Masters" turnirining uchinchi bosqichida Tallon Griikspurni 7:6, 6:3 hisoblarida mag'lub etdi.
Bu 19 yoshli ispaniyalik tennischi uchun faoliyatidagi 100-g'alaba bo'ldi. Bungacha u 32 marotaba mag'lubiyatga ham uchragan.
U shuningdek 2000 yildan keyin tug'ilgan tennischilar ichida 100 martadan ko'p g'alabaga erishgan uchinchi tennischi bo'ldi. Bungacha Feliks Oje hamda Yannik Sinner 100 tadan ko'p g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar