11 iyu 07:23
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz ilk bor Uimbldon 1/4 finaliga chiqdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Musobaqaning 1/8 final bahslarining birida sayyoramizning birinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz hamda jahonning 38-raketkasi, italiyalik Matteo Berrettini o'zaro to'qnash keldi.
Ikki soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda Alkaraz raqibini 3/6, 6/3, 6/3, 6/3 hisoblarida mag'lub etib, 1/4 finalga yo'l oldi. Ispaniyalik tennischi ushbu g'alabasi orqali o'zaro uchrashuvlardagi ustunlikni mustahkamladi - 3:1.
Alkaraz faoliyatida ilk bor Uimbldon chorak finaliga chiqdi. Umumiy olganda, u beshinchi marta "Katta Dubulg'a" turnirining 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Ushbu bosqichdagi uning raqibi daniyalik Xolger Rune bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar