20 mar 09:07
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz Indian-Uells "Masters" g'olibi!
Indian-Uells shahrida bo'lib o'tgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir ispaniyalik raketka ustasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Musobaqa finalida sayyoramizning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz hamda ATR reytigida 6-o'rinni egallab turgan rossiyalik Daniil Medvedev bahs olib bordi.
Bir soatu 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda ispaniyalik tennischi raqibini ishonchli tarzda mag'lub etdi - 6/3, 6/2. Bu bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob tenglashdi - 1:1.
"Masters" turniridagi g'alaba uchun Alkaraz 1000 reyting ochkosi hamda 1,262,220 dollar mukofot puliga ega bo'ldi. Medvedev esa 600 reyting ochkosi va 662,360 dollar mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar