30 avg 10:15
Yangiliklar
Karlos Alkaraz US Open chempionlik himoyasiga kirishdi
Dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni Karlos Alkaraz titul himoyasini muvaffaqiyatli boshlab oldi. Uning ilk davradagi germaniyalik raqibi Dominik Kyopfer ikkinchi setning beshinchi geymidan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytga kelib Karlos ATP reytingida 75-pog'onada borayotgan raqibini 6/2, 3/2 hisoblarida mag'lub etayotgan edi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ortda qolgan 58 daqiqa mobaynida Alkaraz 4 ta eys va 3 ta breyk qayd etib ulgurgandi. Kyopfer ikkinchi setning oltinchi geymi davom etayotgan bir pallada oyog'idan jarohat oldi.
Endi Alkaraz AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida JAR vakili Lloyd Xarrisga qarshi kortga chiqadi. Afrikalik tennischi ilk bosqichda argentinalik Gvido Pelyani 7/6(5), 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar