20 iyu 08:30
Yangiliklar
Karlsen Bilbaodayoq Karyakinni “sindirib” qo'ymoqda
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 6 nafar eng kuchli grossmeysterlari – amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya, 2855), shuningdek, Xikaru Nakamura (AQSH, 2787), Anish Giri (Gollandiya, 2785), Sergey Karyakin (Rossiya, 2773), Uesli So (AQSH, 2770) va Vey I (Xitoy, 2696) o'zaro bahs yuritmoqda.
Aylana tizimdagi ikki davrali “Masters” musobaqasining kecha 6-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Qora donalarda harakat qilgan Karlsen asosiy taqibchisi amerikalik Xikaru Nakamura bilan durang qayd etdi.
6-TUR NATIJALARI:
Vey I – Giri 1-0, Nakamura – Karlsen hamda So – Karyakin partiyalari durang bilan yakunlandi.
Turnir jadvali: 1. Karlsen – 11; 2. Nakamura – 8; 3. Vey I – 7; 4-6. Karyakin, Giri, So –5.
23 iyul kuni yakuniga etadigan turnirning eng etiborli jihatlaridan biri unda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen va rasman toj davogari Sergey Karyakinning ishtirok etayotganidir. Ular o'rtasidagi chempionlik uchun baxs shu yilning noyabr oyida AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladi.
Fikrlar