21 avg 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kayla Xarrison: "Israel Adesanya ham mening teykdaunlarimga chidab bera olmaydi"
Amerikalik MMA ayol jangchisi Kayla Xarrison UFC chempioni Israel Adesanyaning ustidan biroz hazil qildi.
Kayla Xarrison PFL 8 turniridagi jangining birinchi raundidayoq raqibasi Jen Fabianni texnik nokautga uchratdi. SHundan so'ng, u oktagonning o'zida intervyu berdi.
"Hamma meni qanday mag'lub qilishni o'ylaydi. Kayla Xarrison jumbog'ini qanday echsak bo'larkin deb gapirishadi. Bu erda hech qanday murakkab narsa yo'q. Men raqiblarimni shunchaki parterga olaman va maydalab tashlayman. Hammani shu holatga solaman. Israel Adesanya ham mening teykdaunlarimga chidab bera olmaydi", - dedi Xarrison.
Malumot uchun, Kayla Xarrison dzyudo sport turi bo'yicha ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida ham Kaylaga teng keladigan raqib topilmagan.
Havola :
Manba : PFL
Fikrlar