27 mar 14:23
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Kayo Borralo CHimaevdan engilgan Uittaker bilan jang qilmoqchi
O'rta vazn toifasida UFC etakchilaridan biriga aylanib borayotgan braziliyalik Kayo Borralo ushbu diviziondagi sobiq chempion Robert Uittakerga qarshi jang o'tkazish istagini bildirdi.
			"Meni Robert Uittakerga qarshi qo'ying. Men juda hurmat qiladigan afsonaviy Uittaker bilan jang qilish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Uni nokaut qilishni rejalashtiryapman. Bu jang uchun o'ziga xos bir narsa tayyorlayman", deydi Borralo The Schmo nashri bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Kayo Borralo o'zining so'nggi jangini 2024 yil avgust oyida Jared Kannonirga qarshi o'tkazib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. Uittakerga kelsak, u avvalgi jangini 2024 yil oktyabr oyida Xamzat CHimaevga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
             
			
Fikrlar