01 iyu 13:32
Yangiliklar
Futbol

Kayo Lukas: "O'zbekistonga qarshi o'yinga to'liq tayyormiz"
Birlashgan Arab Amirliklari hujumchisi Kayo Lukas jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qarshi kutilayotgan o'yin qanchalik qiyin bo'lishiga qaramay, futbolchilar jiddiy sinovga to'liq tayyor. Ushbu uchrashuv terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'l olishida muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab turibmiz.
SHu bois, ijobiy natija qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz", dedi 31 yoshli hujumchi.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar