So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

14 noy 15:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Kayrat Satjanov: "Hakamlar g'alabalarimizni o'g'rilashdi"

Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Kayrat Satjanov Amman shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionati yakunlari haqida gapirdi.

Malumot uchun, yon qo'shnilarimizdan Sanjar Tashkenbay (-48 kg), Aslanbek SHimbergenov (-71 kg) va Aybek Oralbay (-92 kg) oltin, Saken Bibosinov (-51 kg), Mahmud Sabirxan (-54 kg), Serik Temirjanov (-57 kg), Dulat Bekbaulov (-67 kg), Nurkanat Rayis (-75 kg), Kamshibek Kunkabaev (+92 kg) kumush, Samatali Toltaev (-60 kg), Nurbek Oralbay (-80 kg), Sagindik Togambay (-86 kg) bronza medallariga ega chiqdi. 

— Sanjar Tashkenbay Osiyo chempionatida o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi va yakunda chempion bo'ldi. Bu bilan u ushbu vaznda dunyoning kuchli bokschilariga boshog'riq bo'la olishini isbotladi. 

Saken Bibosinov barcha janglarini yaxshi o'tkazdi. Hasanboy Do'smatovga qarshi kechgan final jangida yutqazmadi. U noxolis hakamlik qurboni bo'ldi. Afsuski, Saken hakamlardan aziyat chekkan yagona bokschi emas. Qolgan bir nechta vazn toifalarida ham hakamlarga savollarimiz etarlicha bo'ldi. Saken birinchi raundda Do'smatovdan kuchliroq ko'rindi, lekin hakamlarning bari o'zbek bokschisiga ochko yozishdi. Ochkolar hisobiga ko'ra yutqazayotganini bilgan Bibosinov shoshib harakat qildi. SHunday holatda ham u uchchada raundni o'z foydasiga yozdi. Ammo hakamlar Hasanboyning qo'lini ko'tarishdi. 

Sabirxan Mahmudning filippinlik bokschiga qarshi o'tkazgan jangidagi hakamlikni umuman tushunmadim. Bu jangga ko'p ham to'xtalib o'tirmayman. 

Serik Temirjanov ham Osiyo chempionatini zo'r o'tkazdi. SHaxsiy fikrim, u finalda yutqazmagandi. Serik g'alabaga haqli edi.

Samatali Toltaev yarim finalda iordaniyalik Muhammad Abu Jadjehga yutqazdi. Jangning birinchi raundida Toltaev yutgandi. Lekin hakamlar 5:0 hisobida raundni mezbonlarga taqdim etishdi. Bu nohaqlikdan ruhiyati tushib ketgan Samatali xatolarga yo'l qo'ya boshladi va buning natijasida ikkinchi hamda uchinchi raundlarni raqibiga boy berdi. Ha, tan olaman, bokschimiz ikkinchi va uchinchi raundlarni yutqazdi. 

Dulat Bekbaulov tailandlik Bunjong Sinsiriga qarshi jang o'tkazdi. Bu jangda Bunjong haqli ravishda g'alaba qozondi deb o'ylayman. Dulat faqat birinchi raundda yaxshi jang o'tkazdi. 

Terma jamoamiz sardori Aslanbek SHimbergenov mezbonlar vakili Zeyad Ishaishni mag'lubiyatga uchratdi. Agar tempni oshirmaganida hakamlar uning g'alabasini ham o'g'irlashardi. 

Nurkanat Rayis finalda Saidjamshid Jafarovga imkoniyatni boy berdi. Bu jangda o'zbekistonlik bokschisining g'alabasiga shubhamiz yo'q edi. U haqli ravishda Osiyo chempioni bo'ldi. Nurkanat uchun bu qita chempionati katta tajriba maktabi vazifasini o'tab berdi.  

Sagindik Toganbay yarim finalda ring egasi Riyad Adelxindavi Odaiga yutqazib qo'ydi. Aybek Oralbay esa Osiyo chempioni bo'ldi. 

Eng og'ir vazn toifasidagi final jangida esa yana g'alabamizni tortib olishdi. Kamshibek Kunkabaev musobaqada uchta jang o'tkazdi. Finalgacha Janubiy Koreya va Tojikiston vakillarini engdi. Finalda o'zbekistonlik Lazizbek Mullajonovga yutqazdi. SHaxsan men bu jangda Lazizbek ustunligini sezmadim. Ikkinchi va uchinchi raundlarda Kamshibek yaxshiroq harakat qildi. Hatto raqibini nokautga uchratishi ham mumkin edi. Raqibning bosh va jigar qismiga kuchli zarbalar yo'lladi. Hakamlarning qarori esa o'zgacha bo'ldi.  

Har qanday holatda ham biz hali bu musobaqani taxlil qilamiz. Oldinda bizni Osiyo o'yinlari va jahon chempionati kutib turibdi. Biz yaxshi jamoaga egamiz. Yana Kamshibekka qaytaman. U bilan hali gaplashib olishimiz kerak. Kunkabaev parallel ravishda ham havaskor, ham professional boksda ishtirok eta olmaydi. Bunaqasi ketmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

   
15 noy 02:58:43
Коканд
Ундай номардлик қилиб паст кетиш ўрнига, эркак бўлиб мағлубиятингни ҳам тан олгинда.
   
15 noy 00:29:26
baksyor
Qozoqlar kupincha yutqizgan janlarinj ularga berishadi shunga urganib qolgan ular
   
14 noy 19:12:55
TOKIO-2020
Сизларга Арман Дикий етишмади манимча.
   
14 noy 17:01:32
ТЕМУРБЕК
ОСИЁ ЧЕМПИОНАТИНИ ДЕЯРЛИ ТЎЛИҚ КЎРДИМ. ҚОЗОҚЛАР БИРОРТАСИ ЮТИБ БИЗЧАЛИК НОХОЛИСЛИККА УЧРАМАДИ. ХАСАНБОЙ ҲАМ ЛАЗИЗБЕК ҲАМ ХАЛОЛ ЮТДИ. АЙНИҚСА ЛАЗИЗБЕКНИКИ КЎРГА ХАССА БЎЛДИ. ХАКАМЛАР ЁН БОСМАГАНИГА АЛАМ ҚИЛАЯПТИ УЛАРГА
   
14 noy 16:18:05
H.H.K.13
Ҳааа, сизларга ҳам қийин, бир нарсага арпа уни баҳона, финал етиб боргунча бонг урдилар, сабаби ўзбеклар билан деярли тўқнаш келмагандинглар, финалда ҳаммаси адолатли бўлди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing