So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

10 may 00:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Kecha Kuba birinchi, Rossiya beshinchi, Qozog'iston esa oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. JCHning to'qqizinchi kuni haqida

Kecha boks bo'yicha jahon chempionatining to'qqizinchi kunidan o'rin olgan janglar bo'lib o'tdi.

Kechagi kun doirasida besh nafar hamyurtimiz jang qilib, (Saidjamshid avtomatik ravishda g'olib bo'ldi) barchasi g'alaba qozondi:

1. -51 kgda 1/8 final jangi: Hasanboy Do'smatov - Erislan Romero (Kuba), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

2. -71 kgda 1/8 final jangi: Saidjamshid Jafarov - Gabriel Llanos (Puerto-Riko), (Raqib jang qilishni istamadi)

3. -54 kgda 1/8 final jangi: Oybek Jo'raev - Ariol Zeneli (Albaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

4. -67 kgda 1/8 final jangi: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Kiril Samadurau (Belorus), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

5. -75 kgda 1/8 final jangi: Aloxon Abdullaev - Almir Memich (Serbiya), (Hakamlar qarori bilan).

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar azosi chorak finalga etib keldi, SHodiyor Meliqo'ziev va Jasurbek Yo'ldoshevlar esa musobaqani saralash bosqichida yakunlashga majbur bo'lishdi.




Qozog'iston terma jamoasida ham kecha besh bokschi ringga ko'tarildi:

1. -54 kgda 1/8 final jangi: Mahmud Sabirxan (Qozog'iston) - Sachin Sivach (Hindiston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

2. -67 kgda 1/8 final jangi: Dulat Bekbauov (Qozog'iston) - Akash Sangvan (Hindiston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

3. -71 kgda 1/8 final jangi: Aslambek SHimbergenov (Qozog'iston) - Miroslav Kapuler (Isroil), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

4. -80 kgda 1/8 final jangi: Nurbek Oralbay (Qozog'iston) - Kaan Aykutsun (Turkiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

5. -75 kgda 1/8 final jangi: Nurkanat Rayis (Qozog'iston) - Vanderley Pereyra (Braziliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

Rayisning mag'lubiyati Qozog'iston terma jamoasi uchun oltinchi mag'lubiyat bo'ldi, avvalroq qozoqlardan Talgat Sirimbetov, Sanatali Toltaev, Aybek Oralbay, Saken Bibiossinov va Sagindik Tagambay hamda kecha mag'lub bo'lgan Nurkanat Rayislar musobaqa bilan xayrlashdi. Qolgan etti bokschi esa chorak final bahslarida ringga chiqadi.




Musobaqada favoritlik qilayotgan Kuba terma jamoasi ilk mag'lubiyatini kecha O'zbekistondan qabul qilib oldi:

1. -51 kgda 1/8 final jangi: Erislan Romero (Kuba) - Hasanboy Do'smatov, (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

2. -54 kgda 1/8 final jangi: Yosvani Veytiya (Kuba) - Enver Muzaffar (Turkiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

3. -67 kgda 1/8 final jangi: Roniel Iglesias (Kuba) - Jankarlo Anchiko (Ekvador), (3-raund, KO-TKO)

4. -80 kgda 1/8 final jangi: Arlen Lopes (Kuba) - Pal Kovach (Vengriya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

5. -71 kgda 1/8 final jangi: Xorxe Kuelyar (Kuba) - Xose Rodriges (Ekvador), (Hakamlar qarori bilan)

5. -75 kgda 1/8 final jangi: Yoenlis Ernandes (Kuba) - Otgonjargal Jargal (Mo'g'uliston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).

SHu yo'sinda, Kuba terma jamoasining 12 nafar azosi chorak finalga yo'l oldi, bu musobaqadagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi.




Rossiya terma jamoasida besh bokschi jang qildi va to'rt nafari g'alaba qozondi:

1. -54 kgda 1/8 final jangi: Dmitriy Dvali (Rossiya) - Syogu Tanaku (Yaponiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

2. -67 kgda 1/8 final jangi: Tarxan Idigov (Rossiya) - Nabi Isgandarov (Ozarbayjon), (Hakamlar qarori bilan)

3. -71 kgda 1/8 final jangi: Igor Sviridchenkov (Rossiya) - Bayramdurdi Nurmuhammedov (Turkmaniston), (Hakamlarning yakdil qarori bilan)

4. -80 kgda 1/8 final jangi: Imam Xataev (Rossiya) - Kristian Pinales (Dominikan), (Hakamlar qarori bilan)

5. -75 kgda 1/8 final jangi: Pavel Sosulin (Rossiya) - Moreno Fendero (Franciya), (Hakamlar qarori bilan).

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng Rossiya tarkibidagi yo'qotishlar soni 5 taga etdi, bular: Aleksey Dronov, Gabil Mamedov, Vasiliy Egorov, Eduard Savvin va Pavel Sosulin. Sakkiz nafar rus ertaga yarim final yo'lida ringga chiqadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing