23 noy 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Kecha oktagonga chiqqan Figeredo dekabrda yana kamarini himoya qiladi
Eng engil vaznda UFC chempioni Deyvison Figeredo dekabr oyida o'zining navbatdagi himoya jangini o'tkazadi.
Figeredo kecha Las-Vegasda o'tgan UFC 255 turnirining markaziy jangida davogar Aleks Peresni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Endi braziliyalik chempion dekabr oyidayoq yana oktagonga ko'tariladi.
CHempionning raqibi Brendon Moreno bo'ladi. Bu malumotni UFC prezidenti Dena Uayt ham tasdiqladi. Figeredo Las-Vegasda qolib, ushbu jangga tayyorgarlikni boshlaydi.
Havola :
Fikrlar