11 jan 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Kecha raqibini nokautga uchratgan Kabayel endi Usikni jangga chorladi
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan WBC yo'nalishida vaqtinchalik jahon chempioni Agit Kabayel (27-0) ukrainalik Aleksandr Usikka "vyzov" tashladi.
"Men bu chempionlik jangini juda uzoq vaqtdan beri kutyapman. Ar-Riyodda uchta maxluqni mag'lub etdim, endi menga chempionlik jangimni bering. Men tayyorman!", — dedi Kabayel.
Eslatib o'tamiz, superog'ir vaznli Agit Kabayel kecha Germaniyada o'tkazilgan jangda Damian Knibani 3-raundda nokautga uchratgandi.
Malumot uchun, Kabayel professional bokschi sifatida 2011 yilning iyun oyida debyut qilgan. U prof ringda 27 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan, shundan 19 tasi nokaut bilan yakunlangan. Kabayel CHjan CHjiley, Derek CHisora, Arslanbek Mahmudov singari nomdor bokschilarni mag'lubiyatga uchratgan.

Havola :
Manba : Boxing Scene
O’xshash yangiliklar
14:22
Biroz avval Gonkongda chempion bo'lgan qozog'istonlik tennischi Top-10 reytingida debyut qiladi 0
Fikrlar