14 may 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Kechagi finallardan so'ng kimlarda oltin medal bor?
Kecha Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk kungi final janglari bo'lib o'tdi.
Kecha jami 6 ta final janglari o'tkazildi. Ushbu finallarning uchtasida terma jamoamiz azolari Hasanboy Do'smatov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Bahodir Jalolov oltin medalga ega bo'lishdi.
SHuningdek, kechagi janglardan so'ng Qozog'iston (Sanjar Tashkenbay, -48 kg ), Kuba (Yoenlis Ernandes, -75 kg) va Franciya (Sofyan Umia, -60 kg) terma jamoalarida bittadan oltin medal bor.
Eslatib o'tamiz, bugun yana ettita vazn toifasida final janglari bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar vakili ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar