10 okt 12:00
Yangiliklar
Kechagi kun qahramonlari, ular orasida biznikilar ham bor + FOTO
Musobaqaning kechagi kungi bellashuvlari o'zbekistonlik dzyudochilar uchun omadli keldi. Uch dzyudochimiz kechki dasturda medallar uchun tatamiga chiqqan bo'lsa, ulardan ikki nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. -100 kg vazn toifasidagi har ikki vakilimiz Italiyadan jahon chempionatining medali bilan qaytadigan bo'ldi.
Suhrob Rajabov kumush, O'tkirbek To'raboev bronza medalini qo'lga kiritdi. Og'ir vazndagi SHohruh Mamarasulovga bronza uchun kechgan bahsda biroz omad etishmadi va u kuchli beshlikdan joy oldi.
Kechagi kun qahramonlari
-78 kg vazn toifasi
1. Anna Monta Olek (Germaniya)
2. Yael Van Ximst (Niderlandiya)
3. Rafaela Igl (Germaniya)
3. Eliza Ramos (Braziliya)
+78 kg vazn toifasi
1. Koralie Xayme (Franciya)
2. Marit Kamps (Niderlandiya)
3. Hilal Ozturk (Turkiya)
3. Li Fonteyn (Franciya)
-100 kg vazn toifasi
1. Ilia Sulamanidze (Gruziya)
2. Suhrob RAJABOV (O'zbekiston)
3. Matvey Kanikovskiy (Rossiya)
3. O'tkirbek TO'RABOEV (O'zbekiston)
+100 kg vazn toifasi
1. Saba Inaneyshvili (Gruziya)
2. Richard Sipoj (Vengriya)
3. Irakli Demetrashvili (Gruziya)
3. Evo Vitassek (Germaniya)
Fikrlar