So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

24 apr 13:18
Yangiliklar

Tadbirlar

Keimyung universiteti prezidentiga O'zbekistonda professor unvoni berildi

O'tgan yilning aprel oyida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Janubiy Koreyaning Keimyung universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatilgandi.

SHu davr mobaynida sport talimining turli yo'nalishlarida, malakali murabbiy va sportchilarni tayyorlashning ilmiy asoslarini keng joriy etish tizimida bir qator loyihalar ustida ish olib borildi.

Kuni kecha Keimyung universiteti Xalqaro aloqalar bo'yicha vice-prezidenti Seon Jung Kim boshchiligidagi delegaciya O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov ikki universitet o'rtasida o'rnatilgan do'stona hamkorlikni yanada mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro aloqalarini rivojlantirish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish va taekvondo sport turi bo'yicha ilmiy loyihalarni birgalikda olib borish yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida Keimyung universiteti prezidenti janob SHin Il Heenga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faxriy professor unvonini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

SHundan so'ng, universitet sport majmuasida Keimyung va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti talaba-sportchilari ishtirokida amaliy va nazariy mashg'ulotlarga izn berildi. Koreyalik taekvondochilarning ko'rgazmali chiqishlari yig'ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

To'lqin Ro'ziev, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing