05 mar 18:48
Yangiliklar
Kemran Nurillaev: Medal olmaslikka haqqimiz yo'q edi
Quvonarlisi, bugungi bahslarning -60 kg vaznda bahs olib borgan Kemran Nurillaev bronza medalni qo'lga kiritib, terma jamoamiz hisobga birinchi medalni taqdim etdi. Sportchimiz taqdirlash marosimidan so'ng musobaqa haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Juda ham xursandmiz. O'zimizni uyimizda harakat qilmoqdamiz, muxlislarimiz qo'llab turmoqda. SHuning uchun ham bugun biz ular uchun medal olmaslikka haqqimiz yo'q edi. Raqiblarimning barchasi kuchli va ularning har biri yaxshi tayyorgarlik bilan kelgandi.
O'zbekiston dzyudo milliy terma jamoasi azolari bu musobaqada qancha medal oladi deb o'ylaysiz?
Birinchi navbatda barchasi yaratgandan. Ertaga yana ko'plab kuchli sportchilarimiz bahslarga kirishishadi. Ulardan oltin medal kutib qolamiz. O'zim medal olganimdan xursandman, akam Sardor Nurillaevning medalni qo'lga kiritishi meni yanada xursand qildi.
Fikrlar