19 apr 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Kevin Xolland - Visente Lyuke jangi UFC 316 turniri uchun rejalashtirilmoqda
32 yoshli amerikalik UFC jangchisi Kevin Xolland hamyurti Visente Lyuke bilan to'qnash kelishi mumkin.
Ular o'rtasidagi bellashuv 7 iyun kuni tashkil etiladigan UFC 316 turnirida bo'lib o'tishi rejalashtirilyapti. Bu haqda aralash yakkakurashlar olamining mashhur insayderi Kevin Keysi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Xolland o'zining so'nggi jangini mart oyida Gunnar Nelsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va ikki janglik mag'lubiyatli seriyasiga barham bergan edi.
Lyuke esa avvalgi jangini 2024 yil dekabr oyida Temba Gorimboga qarshi o'tkazgan va birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali g'olib bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar