05 mar 10:03
Yangiliklar

"Keynga ozodlik!" - Junior dos Santos Keyn Velaskesni qo'llab-quvvatladi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, Keyn Velaskes bilan oktagonda uch marta jang qilgan Junior dos Santos sobiq raqibini qo'llab-quvvatladi.
"Raqobatchilar sifatida biz g'alaba qozonish orzusi va birinchi raqamli bo'lish istagini baham ko'rdik va endi ota-onalar sifatida bizning g'alabamiz - bu oilalarimiz farovonligi va xavfsizligi", - deb yozdi braziliyalik o'zining "Tvitter" sahifasida.
"Keyn Velaskes ishtirok etgan vaziyatni o'rganish uchun hali ko'p narsa bor, ammo shu paytgacha har qanday ota-ona uning o'rnida bo'lsa, xuddi shunday qilgan bo'lardi, deb o'ylayman. Adolat o'rnatilsin va Keyn o'ziga tegishli joyda, oilasi bilan imkon qadar ko'proq bo'lsin", - deya so'ziga yakun yasadi Santos.
Fikrlar