15 iyu 13:03
Yangiliklar
Futbol

Kim Min Je Manchesterga yo'l olishi mumkin
"Manchester Yunayted" "Bavariya" himoyachisi Kim Min Jeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
28 yoshli koreyalikning transferi yozgi transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin.
Kim Min Je 2024/25 yilgi mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda.
Kim Min Je hozircha Angliyada o'ynamagan - u avvalroq "Napoli", "Fenerbaxche", Xitoyning "Beyjing Goan", Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" va "Genju" klublarida o'ynagan.
Havola :
Manba : Daily Briefing
Fikrlar