27 okt 15:44
Yangiliklar

King-Kong Uaylder - Fyuri oqshomining anderkard jangida ringga chiqadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamariga sobiq davogar Luis “King-Kong” Ortisning navbatdagi jangi aynan ushbu boks kechasida o'tkazilishi malum qilindi.
ESPN nashri bergan xabarga ko'ra, Ortis amerikalik 33 yoshli Trevis Kaufmanga qarshi ringga ko'tariladi. Oqshomning markaziy jangi esa WBC chempioni, amerikalik engilmas bokschi Deontey Uaylder hamda britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, kubalik 39 yoshli Ortis o'zining so'nggi jangini shu yilning iyul oyida o'tkazib, ikkinchi raundda ruminiyalik Razvan Kojanuni nokautga uchratgan edi. SHu yilning martida esa aynan Uaylderga jangning o'ninchi raundida texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar