15 noy 10:51
Yangiliklar
Sport kurashlari
"Klassik" kurashchilarimiz Belarusdagi xalqaro musobaqada shohsupaga ko'tarilishdi
Ayni kunlarda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Belarus Respublikasida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda.
Sportchilarimiz yig'in doirasida Olimpiada chempioni Oleg Karavaev xotirasiga tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishdi. -72 kg vaznda kurashgan Abdullo Aliev oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qiziqarli bellashuvlarga boy bahslarda kurashchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. Terma jamoamiz Belarusdagi mashg'ulotlarni 28 noyabrga qadar davom ettiradi.
G'olib va sovrindorlar kurashchilarimiz:
Oltin medal:
-72 kg: Abdullo Aliev
Kumush medal:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-72 kg: Abror Atabaev
Bronza medal:
-63 kg: Islomjon Bahromov
-72 kg: Mahmud Baxshulloev
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov
Havola :
Fikrlar