14 fev 09:44
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Klebo - tog' chang'i sporti tarixida eng yosh Olimpiada chempioni!
Norvegiyalik Yoxannes Klebo Qishki olimpiya o'yinlari tarixida tog' chang'i sport turida eng yosh Olimpiada chempioniga aylandi.
Klebo kecha Pxyonchxan Olimpiadasining klassik sprint musobaqasida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Yoxannes Olimpiada chempioni bo'lgan kuni 21 yosh 3 oyu 22 kunlik edi.
Bundan avvalgi rekord Gunda Svanga tegishli bo'lib, bu sportchi 1984 yilgi Saraevo Olimpiadasida chempionlikka erishgandi. O'shanda Svan 22 yosh 1 oyu 1 kunlik bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar