09 iyu 10:33
Yangiliklar
Angliya termasining to'rt o'yinchisi Norvegiya bilan uchrashuv oldidan jamoaviy mashg'ulotni o'tkazib yubordi
To'rt nafar futbolchi — himoyachilar Ris Jeyms va Mark Gexi, shuningdek, yarim himoyachilar Deklan Rays va Jordan Xenderson 8 iyul kuni Kanzas-Sitida (AQSH) 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finalidan o'rin olgan Norvegiya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.
Manbaning malum qilishicha, Jeyms, Gexi va Rays individual dastur asosida shug'ullanishgan, qolgan 22 nafar futbolchi esa umumiy guruhda mashq qilgan. Xenderson esa qo'lidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayonini o'tayotgani sababli mashg'ulotda qatnashmagan.
25 yoshli Gexi turnirda beshta o'yin o'tkazdi, 26 yoshli Jeyms hisobida to'rtta uchrashuv bor, 27 yoshli Rays ham to'rtta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar