14 jan 11:24
Yangiliklar

Klichko Fyuriga: "Jangimizga ozgina qolganda, sendan doping topilgandi. O'zingni bosib ol"
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko amaldagi WBC chempioni Tayson Fyurining so'zlariga javob qaytardi. Fyuri Aleksandr Usikni Joshuaga qarshi jang oldidan steroidlar qabul qilganlikda ayblagandi.
"Oynali uyda yashaydiganlar boshqalarga tosh otishlari kerak emas. Tayson, jangimizga ozgina qolganda, sendan dopingga qarshi test olinganda musbat ko'rsatkich chiqqandi. Istalgan inson buni internetdan topishi mumkin. SHu sabab ham, o'zingni bosib ol", - dedi Vladimir Klichko.
Malumot uchun, Vladimir Klichko "Oynali uyda yashaydiganlar boshqalarga tosh otishlari kerak emas", - deya mashxur inglizcha aforizmni qo'lladi. Bu o'zida biror kamchiligi bor odam, aynan shunday kamchiligi bor inson tanqid qilish kerak emas degan manoni bildiradi.
Fikrlar