14 dek 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Kodi Krovli: Meni birinchi marta nokdaun qilishdi
Qudratillo Abduqahhorov o'tgan dam olish kuni kanadalik Kodi Krovli bian to'qnash keldi.
Uchrashuv yakunida g'alaba qozongan Krovli jang va Abduqahhorov haqida fikr bildirdi.
«Abduqahhorov kuchli raqib, IBF'da sobiq birinchi raqamli davogar edi. Bu jangda autsayder edim. SHuning uchun men unga butun jang davomida kurash olib borishim kerakligini, u tezkor, noqulay zarbalar yo'llashini oldindan bilgandim va bunga tayyor edim. Menda mustahkam jag' bor. Meni birinchi marta nokdaun qilishdi. Mening tizzam na sparringda na jangda ringga tegmagandi. Bu birinchi marta sodir bo'ldi. Ammo men ko'nglimni cho'ktirmadim va darhol o'rnimdan turdim. Bu daxshatli jang bo'ldi», - dedi kanadalik.
Havola :
Manba : BOXINGSCENE
Fikrlar