So’nggi yangiliklar

17:59"Ортга чекинмайман, тик туриб жанг қиламан" — Моралес Пратес билан жанг ҳақида 0 17:28Жаҳон чемпионати U-17. Ўзбекистон — Испания ўйинини бошқарадиган ҳакамлар бригадаси маълум 0 16:57Арман Царукяннинг Генри Сехудо бўйича "талаби" қондирилди + ФОТО 0 16:26Агит Кабайел WBC камари ҳимояси учун рингга кўтарилди 0 15:55"Бу гўдакни менга беринг" — Цаурукян Сехудога "вызов" ташлади ва дарҳол жавобини олди 0 15:24Бразилия Либертадорес кубогидаги ғалабалар сони бўйича Аргентинадан ўзиб кетди 0 14:53Гукеш Доммараджу: "Жавоҳир билан тенг кучли рақиблармиз!" 0 14:22Жаҳон кубоги. Кундузги дастурда рингга чиққан боксчиларимизнинг барида ғалаба. Олимпиаданинг амалдаги кумуш медали соҳиби мағлуб этилди 0 13:51Жавоҳир Синдаров: "Ҳаяжондаман!" 0 13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0

01 sen 20:24
Yangiliklar

Tennis

Koko Gauff: "Alkaras xuddi peshqadamlik bosimini his qilmaydigandek"

Koko Gauff tennischilar Karlos Alkaras hamda Novak Jokovich raqobatidan nimalarni o'rganganini aytdi.

"Ularning "Rolan Garros" hamda "Uimbldon"dagi o'zaro o'yinlarini tomosha qildim. Cincinatti finalini esa ko'rolmadim, chunki o'zimning finalimdan keyin uyga qaytayotgandim. Keyinchalik qisqa videolarni ko'rdim, to'liq o'yinni tomosha qilishning iloji bo'lmadi.

Ular yana qaerlarda o'zaro o'yinlar o'tkazganini eslolmayman, biroq ularning o'yinlarini doimo tomosha qilaman. Asosiy dars - ular yaxshi tennis ko'rsatmayotgan paytda ham holatdan chiqib keta olishlari. Masalan, Karlos Cincinattidagi finalning barcha setlarida mag'lub bo'layotgandi, tabiiyki bor kuchi bilan ham o'ynay olmayotgandi. Biroq shunda ham u tabassum qilishda davom etdi. Masalan, Xabi Xurkachga qarshi o'yinda setda mag'lub bo'ldi va breyk berib qo'ydi, shunda ham u tabassumini yashirmadi.

U dunyoning birinchi raketkasi, ammo u tabassum qilishda davom etaveradi. Masalan men ham Iga yoki Sobolenkoga qarshi o'yinlarda tabassum qilishim mumkin. Ammo u peshqadamlik bosimini his qilmayotgandek.

Demak, asosiy hulosa - ular o'z ishlaridan lazzat olishadi. Bun menda ham bo'lishi mumkin. CHunki tennis o'ynayotganimda o'zimni yo'qotib qo'ymayman. Hozir esa o'yinlardan shunchaki zavq olyapman, kulyapman, tabassum qilyapman. Tennis ham odamlarga zavq bera oladi", - dedi Gauff.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing