So’nggi yangiliklar

17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0 14:08Жо Роган Оқ уйдаги UFC турнирини қандай сақлаб қолиш мумкинлигини тушунтирди 0 13:47"Бу қизил эмас!" — Машҳур ҳакам Вальверденинг четлатилишига қарши чиқди 0 13:26"Мен яхшироқман!". Райан Гарсия Кроуфордни ҳаддан ташқари баҳоланган деб атади 0 13:05Энтони Жошуанинг рингга қайтиш тахминий муддати айтилди 0 12:44Ислам Махачев эрталабки машғулотлари режасини ошкор қилди 0 12:23"Арсенал" 410 кун мобайнида иккита гол фарқи билан мағлуб бўлмаганди 0

18 dek 09:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Kolbi Kovington mag'lubiyati sababini ochiqlab, keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi

Teglar :  Kolbi KovingtonUFC
UFC 296 turnirining asosiy jangida chempion Leon Edvardsga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan Kolbi Kovington mag'lubiyati sabablariga to'xtaldi.

Yarim o'rta vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogarning aytishicha, uning kechagi mag'lubiyatiga siyosiy qarashlari sabab bo'lgan. 

"O'ylashimcha, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi raundlarda g'alaba men tomonda bo'ldi", - dedi "Xaos" jangdan keyingi matbuot anjumanida. - "Raqibim menga hech qanday shikast etkazgani yo'q. Ishonchim komil, g'alaba uchun bor imkoniyatimni ishga soldim va buni uddaladim. Lekin hakamlar menga g'alabamni berishni istashmadi. Ha, g'alaba meniki edi. Hakamlar hamisha meni yomon ko'rib kelishgan. Ular mendan nafratlanishadi. Nega? CHunki men Donald Trampni qo'llab-quvvatlayman. U hamisha janglarimni tomosha qilish uchun keladi. Bugun ham Tramp arenada edi. Mayli, hammasi ortda qoldi. Hayot davom etadi". 

Kolbi Kovington keyingi raqibi sifatida hamyurti Stiven Tompsonni ko'rmoqchi. Kecha u ikkinchi raundda SHavkat Rahmonovga yutqazib qo'ygandi. Qozog'istonlik jangchi raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Men haqimda matbuotda hamisha bo'lmag'ur gaplarni gapirib yuradigan yigit bor – u Stiven "Vanderboy" Tompson. Hamma uni yaxshi yigit deb o'ylaydi. U men haqimda ko'p gapirgan. Istardimki, o'sha gaplarini oktagonga menga aytsin", - dedi Kovington. 

Eslatib o'tamiz, Leon Edvards va Kolbi Kovington o'rtasidagi chempionlik jangida britaniyalik chempion hakamlarning yakdil qarori (49-46, 49-46, 49-46) bilan g'alaba qozonib, kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing