So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

17 iyu 13:30
Yangiliklar

Futbol

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Ko'pchilik O'zbekistonni oson raqib deb o'ylashi mumkin, ammo bu katta xato"

Teglar :  Kolumbiya
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenso O'zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'zbekiston haqida...

Bizning guruhdagi ilk raqibimiz — O'zbekiston terma jamoasi. Ko'pchilik ularni oson raqib deb o'ylashi mumkin, ammo bu katta xato. O'zbekiston so'nggi yillarda juda katta o'sishga erishdi, ular Osiyoda kuchli tartib va jismoniy tayyorgarlik evaziga ajralib turishadi. Bunday turnirlarda debyut o'yinlari doim og'ir o'tadi. Biz raqibni maksimal darajada hurmat qilamiz va maydonga faqat 3 ochko uchun tushamiz. Ilk o'yindagi g'alaba keyingi bosqich yo'llanmasi uchun poydevor vazifasini o'taydi

Tayyorgarlik va jamoadagi muhit haqida

"Biz ushbu turnirga uzoq va tinimsiz mehnat evaziga etib keldik. Hozir jamoada ajoyib ichki muhit shakllangan. Tajribali futbolchilar va yosh iqtidorlar o'rtasidagi balansni topa olganimizdan xursandman. Jahon chempionati — bu mutlaqo boshqa darajadagi musobaqa. Bu erda siz uzoq muddatli rejalar haqida emas, faqat va faqat navbatdagi uchrashuv haqida o'ylashingiz kerak. Mexikodagi iqlim va sharoitlarga moslashish jarayoni ko'ngildagidek o'tdi, yigitlar jismoniy va ruhiy jihatdan bahsga tayyor".

Xames Rodrigesning holati haqida:

"Xamesning holati yaxshi, u jismoniy jihatdan o'sib bormoqda. Uning iqtidori va maydonni ko'ra olish qobiliyati shuni anglatadiki, u boshqalar kabi ko'p yugurmagan taqdirda ham, o'yinga aniqlik kiritadi va eng muhim pallalarda vaziyatni hal qila oladi".

Bo'lajak raqiblar va taktika haqida

"Hozirgi futbolda nomlar hech qanday ahamiyatga ega emas. Biz har bir raqibni, ularning o'yin uslubini sinchiklab o'rganib chiqyapmiz. Turnirning dastlabki o'yinlari shuni ko'rsatdiki, har qanday jamoa kutilmagan sovg'a taqdim etishi mumkin. Biz taktik jihatdan moslashuvchan bo'lishimiz shart. Maydonda to'p nazoratini qo'lga olish va himoyadan hujumga tezkor o'tish — bizning asosiy qurolimiz bo'lib qoladi. Biz o'z o'yinimizni raqibga singdira olishimiz kerak".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing