So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

15 mar 07:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Komaga tushib qolgan MMA afsonasi, og'ir vaznda birinchi UFC chempioni o'ziga keldi

Teglar :  Mark Kolman
Afsonaviy amerikalik MMA jangchisi, og'ir vaznda birinchi UFC chempioni Mark Kolman o'z uyidagi yong'in natijasida koma holatiga tushib qolgandi.

Kolman yong'in o'chog'idan ota-onasini olib chiqishga muvaffaq bo'lgan. Lekin aynan yong'indan voqif qilgan itini qutqarishga olov ichiga kirgan Mark tutundan zaharlanib, hushidan ketadi. 

Voqea joyiga etib kelgan o't o'chiruvchilar Kolmanni hushsiz holatda shifoxonaga etkazishadi. Ikki kun jonlantirish bo'limida yotgan Mark kecha kechqurun nihoyat o'ziga keldi va ko'zini ochdi. Suratda afsonaning o'z qizlari Morgan va Kenzini bag'riga bosib yig'layotganini ko'rish mumkin. 

"Men dunyodagi eng baxtli insonman. Ey Xudoyim, menga omad kulib boqdi. Ota-onam tirik qolishganiga ishona olmayapman. CHunki xonamdan chiqqan onimdayoq nafas etishmayotgandi. Afsus, vafodor itim Xammerni qutqarib qololmadim", - deya ko'z yoshlarini tiya olmadi Kolman. 

Malumot uchun, 59 yoshli Mark Kolman og'ir vaznda birinchi UFC chempioni hisoblanadi. SHuningdek, u PRIDE Gran-prisida ham chempion bo'lgan. U UFC SHon-shuhrat Zaliga ham qabul qilingan. Mark Kolman MMAdagi so'nggi jangini 2010 yilning fevral oyida Las-Vegasdagi UFC 109 turnirida yana bir afsona Rendi Kutyurga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing