26 iyu 00:23
Yangiliklar
Kutganmidingiz?! SHohjahon Ergashevning Mark Urvanovga qarshi jangi birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi
Turnir markaziy jangida o'zbekistonlik prof bokschi, super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev rossiyalik Mark Urvanov bilan bahs olib bordi.
Yarim o'rta vazn toifasida tashkil etilgan bahsda SHohjahon Ergashev o'zi bir necha bor takidlaganidek birichi raunddayoq raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Bellashuvda texnik nokaut qayd etildi.
Ergashev professional faoliyati davomida 29 ta jang o'tkazib, 27 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etib kelmoqda. Urvanov hisobida esa endi 26 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor. U o'tgan yilning iyul oyida Xurshidbek Rasuljonov, noyabr oyida esa SHahram G'iyosov bilan jang qilib, har ikkisida mag'lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar