So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

18 mar 19:33
Yangiliklar

Kurash

Komil Ro'ziev Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyasi prezidentligiga qayta saylandi FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Biroz avval o'z tarixida XI marotaba tashkil etilayotgan qita chempionati doirasidagi Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyasining Kongressi bo'lib o'tdi. Tadbirda Osiyo-Okeaniya Konfederaciyasiga azo federaciyalar rasmiy vakillari, delegatlar, qo'mita rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Hisobot-saylov Kongressi avvalida Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyasi prezidenti Komil Ro'ziev tashkilot tomonidan to'rt yil davomida amalga oshirilgan barcha yo'nalishlardagi ishlar yuzasidan hisobot berdi. Qayd etilishicha, butun dunyoda yuzaga kelgan koronavirus bilan bog'liq pandemik barcha sport turlari qatori kurashga ham o'zining salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. 2019-2020 yillar davomida Konfederaciya taqvim rejasidan o'rin olgan xalqaro musobaqalar deyarli o'tkazilmadi. O'tgan yildan katta kurash yana qitaga qaytdi. Qitaviy chempionatlar, xalqaro musobaqalar o'tkazila boshlandi. 

Malumot uchun, bundan avvalgi Osiyo chempionati 2018 yilning 22-25 mart kunlari bo'lib o'tgan edi. O'shanda yubiley X Osiyo chempionatiga Hindistonning Puna shahri mezbonlik qilgandi. Punaga qadar qita chempionatlariga Toshkent, SHahrisabz (O'zbekiston), Dehli, Kerala (Hindiston), Tehron, Mashhad (Eron), Qobul (Afg'oniston), Ulan-Bator (Mo'g'uliston) va Bayrut  (Livan) shaharlari mezbonlik qilgan edi. Osiyo olimpiya kengashining 2017 yil 20 sentyabrdagi Bosh Assambleyasida esa kurash 2018 yil Indoneziyada bo'lib o'tgan yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga rasman kiritilgandi. 

SHundan so'ng Kongressning asosiy voqeyligi - Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciya prezidentligi uchun saylovga navbat berildi. Unda delegatlar bir ovozdan Komil Ro'zievni yangi to'rt yillik muddatga prezident etib saylashdi. Hamyurtimiz 2017-2021 yillar oralig'ida Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyasini muvaffaqiyatli tarzda boshqardi. Pandemik vaziyatga qaramay, to'rt davlat Osiyo kurash oilasiga qo'shildi. Bugun Kongressda esa Saudiya Arabistoni Konfederaciyaning yangi azosi sifatida tanishtirildi. Komil Ro'ziev Konfederaciyasining yangi to'rt yillik davri mobaynidagi asosiy maqsadi milliy kurashimizni Olimpiada dasturiga kiritish bo'lishini alohida urg'uladi. 

SHuningdek, Kongress davomida Konfederaciyaga yangi vice-prezidentlar, ijroiya qo'mita azolari ham saylandi. Loikjon Ashurov (Tojikiston) va Hamed Farman (Quvayt) Osiyo-Okeaniya Konfederaciyasi vice-prezidenti, Farruh Saidkulov (O'zbekiston) Bosh kotib, Koroush Hosroyar (Eron) texnik direktor lavozimlariga saylandi. SHu bilan Osiyo-Okeaniya Kurash Konfederaciyasining Kongressiga yakun yasaldi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz Dushanbe shahridan maxsus

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing