22 fev 07:02
Yangiliklar

Komsomolskdagi turnirda ishtirok etgan yosh bokschilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi
Ushbu musobaqada Rossiya, Afg'oniston, Moldova, Polsha, Belarus va Ukraina terma jamoalari qatorida O'zbekiston terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, 6 nafar bokschimiz shohsupaga ko'tarilgandi. Bugun turnirda qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada sovrindor bo'lgan bokschilarimiz ro'yxati quyidagicha:
Oltin:
-52 kg: Mirkomil Saidoxunov
-91 kg: Nusratjon Tohirov
+91 kg: Ali Nuranov
Kumush:
-64 kg: Bekzod Bekmurodov
Bronza:
-69 kg: Samandar Solijonov
-81 kg: Sardor Rahmonberdiev
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar