25 iyu 12:34
Yangiliklar
Futbol
Kongo DR bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yinda tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi, chunki..."
Kongo DR bosh murabbiyi Sebasten Desabr jahon chempionati "K" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.
"Guruhning ikki favoriti – dunyo reytingida 5-o'rinda turuvchi Portugaliya va 12-o'rindagi Kolumbiyaga qarshi o'ynadik. Bu orqali o'zimiz uchun ham katta tajriba to'playapmiz. O'zbekistonga qarshi bellashuvda tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi, chunki durang bizni qanoatlantirmaydi. 3-tur mutlaqo boshqacha yondashuvni talab qiladigan o'yin bo'ladi, dastlabki ikkita o'yinga qaraganda ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keladi.
Nima bo'lgan taqdirda ham, biz jahon chempionatiga qanday maqsad bilan kelganimizni bilamiz. SHuning uchun so'nggi o'yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi va buning o'zi ham yaxshi imkoniyat", dedi 49 yoshli franciyalik mutaxassis.

Havola :
Fikrlar